Mushkuldur

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mushkuldur
by Bobur

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.

Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.

Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.

Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse