Munojot ba dargohi Qoziyulhojot

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Munojot ba dargohi Qoziyulhojot
by Maxmur

(Hojatlarni chiqaruvchi qozi dargohiga munojot)

Amru nahying rohi botil uzra ermish yodimiz,
Kechau kunduz sifotingdur bizi avrodimiz,
Sendin, ey xalloq yo‘qdur nolau faryodimiz,
Lek charxi kajravishni dastidindur dodimiz,
Senki lutf aylab aning dasturi davron aylading.

Xor qilding oqibat har kimki erdi arjumand,
Past etding soyadek, naxleki bo‘ldi sarbaland,
Barcha fe’ling nosutuda, jumla vasfing nopisand,
Yusufi Misrini aylab chohi zindon ichra band,
Piri kan’on manzilini baytul-ahzon aylading.

Qaysi bir zulming etay te’dod, ey garduni dun,
Kim sening bedodu javring haddu g‘oyatdin burun,
Behunar johilga berding beadad dunyoyi dun,
Jam’i donolarni qilding holini zeru zabun,
Zog‘ni a’lo qilib, to‘tini nodon aylading.

Siynalar ma’murasini seldek qilding xarob,
Ahli dil bag‘rini hasrat o‘tida etding kabob.
Fe’lu atvoring mukaddar, guftu go‘ying nosavob,
Lutfing ermas beg‘araz, in’oming ermas behisob,
Tifldek bo‘ldung pushaymon kimga ehson aylading.

To qalam chekti qazo lavhi vujudi kun fakon,
Kelmadi bir rostliq naqlingda, ey kaj doston,
Mumtahandursan yomonlig‘da na hojat imtihon,
Naxli idboring uza murg‘eki qo‘ydi oshyon,
Tuxmi anjum gardishidin sangboron aylading.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse