Mundayn vasling keturdi tun kecha payt sabuh...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mundayn vasling keturdi tun kecha payt sabuh...
by Gadoiy

Mundayn vasling keturdi tun kecha payt sabuh,
Maqdamidin topdi jon yuz ming tuman bargi futuh.

Oy yuzung vasfinda ne taqrib erur so’z so’zlamak —
Kim, quyosh mohiyatini hojat ermastur shuruh.

Sunbuling tutquncha,ne javru jafokim chekmadim,
Sabri Ayyub ettim, ammo toptim oxir umri Nuh.

Zarra armon qolmag’ay o’lsam, tirilsam dunyoda,
Bir kecha gar dast bersa vasling, ey jon, to sabuh.

Sendin ayru bir zamon mushkil tirik qolg’ay Gado,
Chun anga doim zulol iringdin erur quti ruh.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse