Muanbar kokulingni mushk birlan g‘ola yozmishlar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Muanbar kokulingni mushk birlan g‘ola yozmishlar...
by Ma’dan

Muanbar kokulingni mushk birlan g‘ola yozmishlar,
Labingga uqday kofurdin buthola yozmishlar.

Muqaddar munshilar arbobi husning mushafi uzra
To‘lun oy jadvalig‘a sun’ birlan hola yozmishlar.

Pari gulchehralar tumori tasxiri aloyiqdur,
Fusun ahli qiyomat nasridin timsola yozmishlar.

Na yanglig‘ qona tabdil rang olibdur kifriking o‘qi,
Yuraklar porasidin anga yuz parkola yozmishlar.

Emasmu mazhabi ishq ichra joyiz Ko‘hkan shavqi,
Ki lavhi Besutun satriga tarhi lola yozmishlar.

Ko‘ngul purg‘am, yurak obila hamdam ko‘zda yoshim qon,
Sango husnu latofat, manga ohu nola yozmishlar.

Shabi ohimdin onjoq Ma’dan o‘ldi tiyra gardunkim,
Sirishkimdin taqi kim Shomu Chinni ola yozmishlar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse