Maxmur g‘azaliga muxammas (Nodim Namangoniy)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Maxmur g‘azaliga muxammas
by Nodim Namangoniy

Der sani manzalatu qadringga ahsanta malak,
Ra’d ila barq sani shavkatu johingga chafak,
Garchi odobdin ermas siza afsona demak,
Ey jahondori zafar kavkabi davri falak,
Eshiting qissai qishlog‘i xarobi Hafalak.

Kambag‘al jumla bu qishloq elini bandalari,
Malaxu, burgayu, bit, toshbaqa, darrandalari,
Za’fdin yo‘l yura olmas hama charrandalari,
Turfa qishlog‘i jin urgan ani parrandalari,
Tovuqu ignachiyu, o‘rdagu g‘ozi — kafalak.

Eri sho‘r, ahli qo‘tir, past havo issig‘ dam,
Mutaazzir yurmoq yog‘sa agar qatrai nam,
Kalamushdek qozibon yerni yotarlar beg‘am,
Dari yo‘q uylarini, banda bayon, gar qilsam,
Bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to‘rt katalak.

Ertadin kechgacha ketmon chopib, issig‘da kuyub,
Yemagaylar zog‘ora, arpani noniga to‘yub,
Eru xotin talashib qo‘lini ko‘lmak bila yub,
Ajirig‘ tomirini kelisida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

Birini egnida yirtig‘ to‘nu, ko‘ylaklari tor,
Tomga tappi yopadur (ko‘ksi) ochug‘, ochu nahor,
Aralash erkak ila modalari kunda qator,
Gar tahorat qilur o‘lsa suv topolmay nochor,
Yuzini qum bila yub (qo‘liga) surtar guvalak.

Hamasi mustahiqi sadqayu ehsonu zakot,
Yaramay ishga yotar och, na tirikdur na mamot,
Kelsalar oy ila yilda agar bahri salot;
Masjidi yerto‘la, bir eski qorong‘u zulmot,
Ko‘r qilur kirsa kishi ko‘zga urub ko‘rshapalak.

Ko‘chdi bo‘yniga ilyb eshaku otin ipini,
Qochdi ko‘zlab Qorako‘l, Balxu, Badaxshon yo‘lini
Ushlashib yig‘lashibon bir-birisini qo‘lini,
Kecha nogah eshitib, shuhrati tillo pulini,
Hafalak qo‘rqusidin uchdi misoli kafalak.

Shohkim, bo‘lsa duogo‘yi Ajam birla Arab,
Noumid o‘lmas ani davlatidin ahli talab,
Dedi Nodim: bu shahanshoha qilib tarki adab,
Kechsa Maxmuri uchun shoh karamdin, ne ajab,
Hafalak yurtig‘a tushgan pul agarchi lak-lak.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse