Manam bir go‘shai ishqingda yotgan ro‘dapoyingman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Manam bir go‘shai ishqingda yotgan ro‘dapoyingman...
by Kaltatoyi

Manam bir go‘shai ishqingda yotgan ro‘dapoyingman,
Eshikdan ursangu quvsangda ketmas bir gadoyingman.
Yomonlardin yomonu badnamolardin badnamoyingman.

Ayo, ey sho‘x beparvoyi oshubi jahon, dil sang,
Muningdek sassiz o‘lmoq tabakay ko‘zlarga olam tang,
Agarchi oshiqing behad vale insof agar qilsang.
Baridin ham valekin xastayu xoru adoyingman.

Netay bo‘lmay raqibu ro‘siyahlardin parishon hol,
Kuyub rashk o‘tig‘a xokistar aylab qildilar pomol,
Ko‘ngilda gap ko‘p ayturg‘a ko‘runganda bo‘lub gung-lol,
Lavandu landahuru soddau noshud anoyingman.

Samonni ko‘rmadim, umrimda ko‘k beda yegonim yo‘q,
O‘zim haddim bilib egamga yem bergin degonim yo‘q,
Ayoqimda agarchi taqa, bo‘ynimda jugonim yo‘q,
Uzub no‘xtamni hargiz har tomonga irg‘iganim yo‘q.

Demasman arg‘umoqu to‘pjoqu bodpoyingman,
Bahar noloyiqi bir bequyushqon kalta toyingman,
Xaloyiq bilmayin chinqorcha der, chin qarchig‘oyingman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse