Man bo‘libman do‘stlar hijronida...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Man bo‘libman do‘stlar hijronida...
by Muazzamxon

Man bo‘libman do‘stlar hijronida
Dilfigoru, dilfigoru, dilfigor.

Bistari furqat aro yotubduman
Bemadoru, bemadoru, bemador.

Gar o‘lib ketsam bu hijron cho‘lida
Intizoru, intizoru, intizor.

Turbatimdin qon yutib lola unar
Har bahoru, har bahoru, har bahor.

Iig‘layurman bosh urib dargohingga
Har nahoru, har nahoru, har nahor.

Do‘st vaslini tilab qildim tavof
Har mazoru, har mazoru, har mazor.

Man qilurman do‘stdin kelsa xabar
Jon nisoru, jon nisoru, jon nisor.

Zarra yanglig‘ doimo titrar dilim
Beqaroru, beqaroru, beqaror.

Yotadurmen baytulehzonim aro
Xoru zoru, xoru zoru, xoru zor.

O‘lganimdin so‘ng duoda yod eting
Do‘stu yoru, do‘stu yoru, do‘stu yor.

Qolmadi farzandlarimdin hech nishon
Ashkboru, ashkboru, ashkbor.

Bu Muazzam xastadilni rahmat et
Kirdikoro, kirdikoro, kirdikor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse