Libosin etgali ul sarvi xush xirom qizil...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Libosin etgali ul sarvi xush xirom qizil...
by Bayramxon

Libosin etgali ul sarvi xush xirom qizil,
Ko‘zumni ayladi qon yosh bila tamom qizil.

Pariruxum yana qonlig‘ ko‘zumda qildi maqom
Ki, husn ahlig‘a zebodurur maqom qizil.

Mudom orazi ranginlig‘i chog‘irdin emas
Ki, hech yuzni bu rang aylamas mudom qizil.

Agarchi husn elidur jomdin qizil yuzluk,
Erur hamisha yuzung aksi birla jom qizil.

Bilib sipehr g‘amim qon yoshin to‘kar, Bayram,
Shafaq emaski, erur har namozshom qizil.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse