Ko‘runur gulgun par ul sarvi xiromon boshida...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘runur gulgun par ul sarvi xiromon boshida...
by Bayramxon

Ko‘runur gulgun par ul sarvi xiromon boshida,
Yonma-yondurur shafaq xurshidi tobon boshida.

Yo tulu’ etgan quyoshedur Masiho ushnida,
Yo qanot yoyg‘on tazarvedur Sulaymon boshida.

Qomati sham’i shabistonimduru, gulgun pari —
Shu’layedur go‘yiyo sham’i shabiston boshida.

Sanchibon par jilva ber raxshingg‘a maydon sorikim,
Sen kelursen deb, ko‘zum to‘rt o‘ldi maydon boshida.

Qaddu raftoringg‘a ko‘nglum oncha moyil borkim,
Yo‘q havoyi jilvai sarvi xiromon boshida.

Kam emas bir dam xayoli she’r Bayram boshidin,
Ko‘rgali she’rini ul shohi suxandon boshida.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse