Ko‘ngul ummidi cho‘x ul mohpaykar iltifotidin...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘ngul ummidi cho‘x ul mohpaykar iltifotidin...
by Ma’dan

Ko‘ngul ummidi cho‘x ul mohpaykar iltifotidin,
Karam yo‘xmu gadoya bo‘sayi husning zakotidin.

Meni masrur etarsan choshnii la’li labingdinkim,
Xush ermas Xizra muhtoj o‘ldug‘um obi hayotidin.

Erurkim har itobing hindular taryokidin achchig‘,
So‘zung lazzatlidur ul misrilar qandu nabotidin.

Kaloming sirridin bir zarra rohiblarga fosh etsam,
Kechibon butparastlar, bezilur lotu manotidin.

Yuzung ko‘rgach damodam jazbai shavqim bo‘lub g‘olib,
Yonar ko‘nglum qushi parvona yanglig‘ o‘z visoqidin.

Sarig‘ ruxsorima har dam qizorib oning olidan,
Chiqarman el aro mashshrta aylab el uyotidin.

Xaridori matoi ishqman hayrat do‘konida,
Malomatlar boshimda, xijlati naqdi kasotidin.

Bitildi har na maqsud roqimima maqsadim, voiz,
Mango sharh etma zikri do‘zaxing fikri baxotidin.

Kerakmas huru jannat muddaodin o‘zgaga, Ma’dan,
Mufassirlar demangiz ravzai rizvon sifotidin.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse