Ko‘ngul ozodadur, dunyog‘a arzi ehtiyoj etmaz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘ngul ozodadur, dunyog‘a arzi ehtiyoj etmaz...
by Gulxaniy

Ko‘ngul ozodadur, dunyog‘a arzi ehtiyoj etmaz.
Tariqat soliki bu yo‘lda mayli izdivoj etmaz.

Dili vayronadin, jono tavaqqu’ qilma dog‘ingni,
Buzulgan mulkdin, albattakim, sulton xiroj etmaz.

Etoking tutqoli ko‘nglumda andog‘ tebramak go‘yo,
Tutub nabzim tabibi shahr, idroki mizoj etmaz.

Rahi ishqingda dardu dog‘i hijroning matoimdur,
Qaroqchi aylamas toroj oning kimsa boj etmaz.

Asiri qomating gar soyadek tuproqqa yastanmish,
Gadoyi dargahing ham orzuyi taxtu toj etmaz.

Sen o‘z diningni tuz, zohid, meni ko‘p yo‘ldin ozg‘urma,
Bu surat sham’ yondurdung ziyosi pur rivoj etmaz.

Qamu bemora la’lidin shifo bermish Masih oso,
Nadin ul sho‘x anglab, Gulxaniy, darding iloj etmaz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse