Kima sho‘ri junundin ranji nuqson o‘lmasun, yorab...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kima sho‘ri junundin ranji nuqson o‘lmasun, yorab...
by Ma’dan

Kima sho‘ri junundin ranji nuqson o‘lmasun, yorab,
Man o‘ldum g‘am asiry hech inson o‘lmasun, yorab,
Boshi charxi falak go‘yinda chavgon o‘lmasun, yorab,
Quyundek g‘am biyobonida sarson o‘lmasun, yorab,
G‘ariqi bahri hayrat mahzi hijron o‘lmasun, yorab,

Bu foniy dahr aro el ko‘rmagan mehnatni man ko‘rdum8
Na tamkini farog‘at, na halovoti vatatsjo‘rdum,
Na sayri lolau bog‘u tamoshoyi vatan ko‘rdum,
Na gulgashti biyobon, nakhati rangi suman ko‘rdum,
Nakim bag‘rida mandek dog‘i hijron o‘lmasun, yorab.

Guli bog‘i nishotim so‘la o‘xshar dahr bog‘inda,
Ki qumri gul yaqosin yozadurmish davr oyog‘inda,
Topib, anjoq ziyoye ya’s kulbam g‘am charog‘inda,
Ketib aqlim manim ovoradur ko‘nGlum so‘rog‘inda,
Qayu inson bu yanglig‘ zoru hayron o‘lmasun, yorab.

Solib mehri falak jonimg‘a yuz mahshar alomoti,
Qayon borsam boshimdin kam emasdur g‘am baliyoti,
Manga har nav’ davron ko‘rsatur rangi adovoti,
Tuganmas zarraye bir umr gar qylsam shikoyoti,
Nakim mandek Qatili tig‘i hijron o‘lmasun, yorab.

Falak vojun, zamon ahli zabun, shoh iltifoti kam,
Tanim majruh, hijron xanjari dil chokina marham,
Makonim qo‘hi mehnat, hamdamim — ohu, rafiqim — g‘am,
Na ma’kule muqarrar mazrai rizqim uza marqam,
Maishat oz, muncha g‘am farovon o‘lmasun, yorab.

Mani atvori zishtim aylagach dun ahlig‘a muhtoj,
Shukuhi fitratim mulki tama’din bo‘lmadi ixroj,
Kelanda shomi furqat bo‘ldi ayyomi tarab toroj,
Qani ohi muassir fath uyina yong‘ali minhoj,
Ki miftohi ijobat lavhn pinhon o‘lmasun, yorab…

Mashaqqat cho‘x, farog‘at yo‘x, alam behad, fig‘on afzun,
Ichim g‘amliq, yurak dog‘lik, yuzim soriq, ko‘zim purxun,
Tunum zulmat, kunum mehnat, boshim charx uzra chun . gardun,
Qilur nafrin bu yanglig‘ izzatimga Vomiqu Majnun,
Jafo har qancha mushkil menga oson o‘lmasun, yorab.

Kuyib kul bo‘ldi hijron sham’idek ejod o‘lub Ma’dan,
Fano bo‘lg‘ach sovurdi axgarin g‘ambod o‘lub Ma’dan,
Halovat jomidin shod o‘lmadi dilshod o‘lo‘b Ma’dan,
Qazo jomin ushotti jur’ati Farhod o‘lub Ma’dan,
Bu rasvolig‘da bag‘rim loladek qon o‘lmasun, yorab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse