Izo mo zoqatul-ahvoli bilhajr...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Izo mo zoqatul-ahvoli bilhajr...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Izo mo zoqatul-ahvoli bilhajr,
Fasif antassuoda laylatud-dajr.

Agar shomi firoqidin qutulsam,
Degay vasfini hatto matla’ul-fajr.

Javohirlar to‘karmen ikki ko‘zdin,
Tilarmen la’li nobidin anga ajr.

Nedin ohim o‘qin toramg‘a otmay,
Qilibdur qomatim «yo»dek nigun hajr.

Meni gar xonaqah sorida ko‘rsang,
Bu yo‘ldin qaytarurda aylag‘il zajr!

Tama’ aylab visolig‘a, chekarmen
yo‘lida dardu anduhi g‘ami hajr.

Baloi hajridin ko‘p qo‘rqma, Shavqiy,
Masaldur: qo‘rug‘an ko‘zga tushar vajr.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse