Ishqingda zor bo‘ldum-u, g‘amgin dumog‘man...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ishqingda zor bo‘ldum-u, g‘amgin dumog‘man...
by Noqis
333950Ishqingda zor bo‘ldum-u, g‘amgin dumog‘man...Noqis

Ishqingda zor bo‘ldum-u, g‘amgin dumog‘man,
Bemori furqatingman-u, zohirda sog‘man,
Aqlu hushum saning bila o‘zdin yirog‘man,
Ko‘rsat yuzingni tolibi nuri charog‘man,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

O‘ldum jamoling shavqida darding ololmadim,
Boshingdin, ey sanam, nega men o‘rgulolmadim,
Bir lahza ishrat uyida majlis qurolmadim,
La’li labingni qandini bir dam so‘rolmadim,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Zolim falak firoqingga soldi meni, netay,
Qandog‘ g‘amingni siynada eldin nihon tutay,
Sabru qarorim qolmadi, ey jon, nechuk etay,
Majnuni benavo kibi yo bosh olib ketay,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Ko‘rdum yuzingni, qolmadi bir zarra toqatim,
Tun-kechalarda yo‘q mani bir dam farog‘atim,
Zahr o‘ldi shakkar og‘zima, ketti halovatim,
Bilmas kishi g‘aming bila chekkan nadomatim,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Sensan parivash ahlini sho‘xi zamonasi,
Menman sening g‘aming bila olam fasonasi,
Ko‘ngul qushini boisi changu taronasi,
Zulfungni domi-yu, yana xolingni donasi,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Rahm ayla holi zorima, oromi jonim o‘l,
Etkur visol bog‘iga, jonu jahonim o‘l,
Bog‘i bahorim o‘lg‘ilu ham bo‘stonim o‘l,
Jonim fido qudumingga, kel, nuktadonim ul,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

O‘lsam edi visolingga parvonadek kuyub,
Jon bersam erdi, boshimi ostonangga qo‘yub,
Maxmurlkkda bodai vasling bila to‘yub,
Noqisligimda ko‘ksimi tiyri mijang o‘yub,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse