Ilohi, hamdinga qilg‘il tilu dilim go‘yo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ilohi, hamdinga qilg‘il tilu dilim go‘yo...
by Yusuf Saryomiy
332813Ilohi, hamdinga qilg‘il tilu dilim go‘yo...Yusuf Saryomiy

Ilohi, hamdinga qilg‘il tilu dilim go‘yo,
Hamisha sanga deyin jonu dildan zikru sano.

Qilib karam, manga berding vujudi javhari ruh,
Edim haqirki, bir mushti xoku besaru po.

Yetib sani karamingdin manga hayoti vujud,
Chu aqlu sam’u basar, suratu qadi zebo.

Dimog‘im aylading o‘tlug‘ sharori ishqingdin,
Boshimg‘a sodding o‘zung istamak uchun savdo.

Bu to‘rt, yetti va to‘qquz, o‘n ikki va o‘ttuz,
Ki bu takavvunu kasrat na bor edi ado.

Hama zamonu makon sun’i poku lutfungdin,
Topib vujud adam, barcha yo‘q bo‘lub paydo.

Na nuru zulmatu, na xoru gul, na shodiyu g‘am,
Na shahdu zahr bor erdi, na ranju to‘yu azo.

Tamomi kavnu makon bor bo‘ldi amringdin,
Bu zebi ziynat ila borgohi arzu samo.

Ki yuz ming olami etmak damida osondur,
Ilohi, qudrating oldida ming sirriu surro.

Bu xoki tiyraga berding charog‘i gavhari aql,
Bu nur fayzi bilan bo‘ldi zumrai uqalo.

Qo‘yub chirog‘ig‘a san ravg‘ani hidoyat, ilm,
Yetib o‘zungdin alarga furug‘i nuri ziyo.

O‘zing o‘zing tonitib qilding ahli urfondin,
Yo‘q erdi bo‘lmasa, birov o‘ diyi xatrpaymo.

Ilohi, fazling ila Yusufiyg‘a ko‘rsatg‘il,
Rizoi ma’rifating sorig‘a tariqi hudo.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse