Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q...
by Gadoiy

Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q,
Qilursen rahm bu ko’nglumga, yo yo’q.

Jahonda garchi yuz ming fitnalar bor,
Firoqingdek vale ayni balo yo’q.

Nigoro, xasta ko’nglumning haqinda
Jafo kam qilma bori, gar vafo yo’q.

Visolingni menga gar hayf ko’rsang,
Ko’z uchidin dog’i bir marhabo yo’q.

Ko’ngulnung dardina, ey joni shirin,
Zulol iringdin o’zga hech davo yo’q.

Ko’ngulni kimga bog’lay chun jahonda,
Seningdek ko’rk ichinda dilrabo yo’q.

Agar sen husn elining xonidursen,
Jahonda dog’i mendek bir Gado yo’q.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse