Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading...
by Bayramxon

Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading,
Mahzun ko‘ngulni qayg‘udin ozod qilmading.

Dard ahlidek mulohazai xotirim qilib,
Qo‘nglimni bir inoyat ila shod qilmading.

Ochilmadi yuzung gulidin g‘unchadek ko‘ngul
Kim, hajr sarsari bila barbod qilmading

Olamda lafzi besanade hech qolmadi
Kim, ishq elig‘a ani isnod qilmading.

Har lahza yuz imorati xotir qilib xarob,
Hargiz binoyi marhamat obod qilmading.

Bas qil, yo‘q ersa tonglaki insof vaqtidur,
Faryod aylagaymenki, ne bedod qilmading?

Bayram, ne so‘zdururki seni yod qilmag‘ay,
Gar yod aylading ani faryod qilmading.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse