Harfi ishqingni yozarda kuydi dil jonig‘acha...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Harfi ishqingni yozarda kuydi dil jonig‘acha...
by Nodim Namangoniy

Harfi ishqingni yozarda kuydi dil jonig‘acha,
Xoma ham kul bo‘ldi, ey bedard, devonig‘acha.

Ul shafaq ermas, ko‘zum qon yoshi shomi furqating,
Mavjlar aylab yetibdur charx domonigacha.

Anjum ermasdur bu ohimning sharori, bu kecha—
Ravshan aylar olami to ko‘kni kayvonig‘acha.

Masnadi husn uzra to bo‘ldung aziz, ey sarvnoz,
Shohlar dargohingga qul bo‘ldi hoqonig‘acha.

Har qachonkim novaki mujgoning, ey abru kamon,
O‘tdi o‘qi siynadin jonig‘a paykonig‘acha.

Qaysi kunkim davlati vaslingdin o‘ldi noumid,
Ketdi ko‘nglumning qarori sabru somonig‘acha.

Bul nechuk javru sitamdurkim chekib tiyg‘i sitez,
Qasd etarsan oshiqi bechorani qonigacha.

Nodim o‘ldi ajz ila xijlat tariqatda fano,
Shoyad o‘lg‘ay mahv deb bu jurmu isyonig‘acha.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse