Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma...
by Bayramxon

Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma,
Arbobi g‘araz so‘ziga zinhor inonma.

Gar yetsa zohir qiladur ishqini elga,
Billah, kishiga qilmadim izhor, inonma.

Har dam sanga yuz so‘z meni mahrumdin aytib,
Har so‘zda aning yuz g‘arazi bor, inonma.

Billahki, ag‘yor so‘zi barcha g‘arazdur,
Mendin sanga bir so‘z desa ag‘yor, inonma.

Har necha jafo ko‘rsa vafo tarki qilurmu,
Bayramki bilur o‘zni vafodor, inonma.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse