Gul sori qilmon nazar zebo jamoling borida...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Gul sori qilmon nazar zebo jamoling borida...
by Ubaydullaxon
332522Gul sori qilmon nazar zebo jamoling borida...Ubaydullaxon

Gul sori qilmon nazar zebo jamoling borida,
Ko’zga olmon sarvni nozik niholing borida.

Qilmadi husn ahlig’a hargiz vafo husnu jamol,
Qil vafo, ey bevafo, husnu jamoling borida.

Istamon hayvon suyin, bosmon, dog’i ichmon ani,
Dam-badam jon berguchi shirin ziloling borida.

Har sori qilsa azimat, borg’il ul dildor ila,
Qolma zinhor ey ko’ngul, andin majoling borida.

Ey Ubaydiy, ul parivash vaslini qilg’il xayol,
Qilmag’il o’zga xayol ushbu xayoling borida.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse