Fig‘onki, yor manga yor bo‘lmadi hargiz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Fig‘onki, yor manga yor bo‘lmadi hargiz...
by Bayramxon

Fig‘onki, yor manga yor bo‘lmadi hargiz,
Anisi xotiri afgor bo‘lmadi hargiz.

Kichik yoshida giriftorlar g‘amin ne bilur
Ki, hech g‘amg‘a giriftor bo‘lmadi hargiz.

Ne ayb forig‘ agar bo‘lsa zorlar g‘amidin,
Birov firoqida chun zor bo‘lmadi hargiz.

Manga muxolifat izhori qilmakim, mendin,
Bajuz muvofiqat izhor bo‘lmadi hargiz.

Ne umrdur buki Bayram jafo chekib umre,
Inoyatingg‘a sazovor bo‘lmadi hargiz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse