Eykim, hamisha dardu g‘amingdin halokmen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Eykim, hamisha dardu g‘amingdin halokmen...
by Bayramxon

Eykim, hamisha dardu g‘amingdin halokmen,
Darding eshitgali ne balo dardnokmen.

Gah xanjari firoqing ila dilafgor o‘lub,
Gah tig‘i ishtiyoqing ila siynachokmen.

Gohi qilib havoyi visoling, topib hayot,
Gohi chekib jafoyi firoqing, halokmen.

Gah qahr ila gudoxtai poki ishqmen,
Gah lutf ila navoxtai ishqi pok men.

Bayram ne til bila anga jonim fido demay,
Yuz til bila chu qoyili ruhi fidok men.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse