Eyki, xoling la’ling uzramay bila taryok emish...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Eyki, xoling la’ling uzramay bila taryok emish...
by Hoziq

Eyki, xoling la’ling uzramay bila taryok emish.
Xay, jamolingki quyoshni chashmasidin pok emish,
Paykaring oydin katon ko‘nglakda oydinroq emish,
Sarvi ra’no qaddidin ra’no qading cholok emish,
Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish.

Men kabi ushshoq ichinda xastau g‘amnok emas,
Ishq asrorin ne bilg‘ay ul ki ko‘ngli pok emas,
Bilmasa ag‘yor agar oshiqni holin bok emas,
Ulki aytur ko‘nglaking ul oy g‘amidin chok emas,
Anglamaydur ne gam ul g‘ofilki ko‘ksim chok emish.

May ichib guldek qizartti chehrai tobonini,
Ravshan etti tiyra ko‘nglum kulbai vayroninl,
Jon berur demang olur oshiqlarini jonini,
Bir nadin usruk chiqib to‘kdi ulusni qonini,
Ahli dil, qochingki ul chobuk ajab bebok emish.

Yorimi Uzrou Shirindek demak yo‘qtur tilim,
Men kimu ishq ichra Vomiq qaysiyu Farhod kim,
Gar Navoiy desa debdur bo‘yla Hoziq dema kim,
Tushda Majnunni hazinu zor ko‘rdim angladim,
Kim bir oy hajrida ul ham men kabi g‘amnok emish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse