Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog...
by Gadoiy

Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog’,
Tal’ating ko’rgan kishiga jumla olamdin farog’.

Muddatedurkim, ketibdur mendin ovora ko’ngul,
Bir salosilda asir ermish, bu kun toptim so’rog’.

Xush yaroshur sunbulung ul bargi nasrin ustina,
Safhai moh uzra go’yokim tushubtur parri zog’.

Kuyganimni bexabar parvonadek ayb etmakim,
Ul dudoqing uzra tushkan xol erur jonimg’a dog’.

Bu Gadog’a chun muyassardur yuzung nazzorasi,
Naylasun azmi gulistonu netar gulgashti bog’.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse