Ey pari paykar, Masihovash, shakar guftor sen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey pari paykar, Masihovash, shakar guftor sen...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Ey pari paykar, Masihovash, shakar guftor sen,
Qo‘y qadam gulshan sarikim, ravnaqi gulzor sen.

Bosh chiqorib sarv gulshandin, yo‘lungda muntazir,
Qilmasang bovar, so‘r andin, borsang, ey dildor, sen.

Shomi hijron ichra qoldim, orazingdin chek niqob,
Ey quyosh tal’at, furug‘i didai xunbor sen.

Notavon etti g‘ami hijron, yetushti labg‘a jon,
So‘rg‘ali bemori ishqing, kel Masihovor sen.

Men xud o‘ldum ko‘rmayin, tavsan minib qilsang guzar,
Marqadimdin o‘tma, to bir boqmasang zinhor sen.

Dasht aro ovora bo‘lg‘anlarni holin, ey nasim,
Yor ko‘yi sori bo‘lsang, aylagil izhor sen.

Mahvashimni tavsani bosg‘an izidur, ko‘kdag‘i
Ul to‘lun oy ermas, ey zohid, agar hushyor sen.

Sen kibi zolim elidin shikvalar qilsam, ne tong,
Cho‘x balolar boshg‘a solg‘an gunbazi davvor sen,

Har qachon qolsang suubat ichra bu davron aro,
Shavqiyo, zikr ayla na’ti sanyidi abror sen.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse