Ey ko‘ngul, sanga harg‘iz qolmas emdi armonlar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey ko‘ngul, sanga harg‘iz qolmas emdi armonlar...
by Do’iy

Ey ko‘ngul, sanga harg‘iz qolmas emdi armonlar,
Keldilar seni istab bu aziz mehmonlar.

Iltifoti bepoyon birla keldilar bu tun,
Gulbadan pari ruxlar, gul’uzor jononlar.

Gulgul ochilib kulbang rashki gulshan etdilar,
G‘unchalab durafshonlar, orazi daraxshonlar.

Zulfi anbarinlarni tarqatib, bo‘lib raqqos,
Bazmgohing etdilar turfa sunbulistonlar.

Nozanii parivashlar ishvalar qilib har dam,
Bo‘salar saqoqlardin ayladilar ehsonlar.

Rashk o‘tiga kuysunlar qayta-qayta hosidlar,
Yuz o‘lub-tirilsunlar ul guruhi nodonlar.

Shukr etib, ayo Doiy, sarf bazm etib shod o‘l,
Marhamat qilib bu tun keldilar g‘azalxonlar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse