Ey ko‘ngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey ko‘ngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur...
by Bayramxon

Ey ko‘ngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur,
Yangi boshdin tani afsurdam aro jon keladur.

Yana ko‘zum uchadur shodlig‘ ashkini to‘kub,
Magar ul mardumaki diydai giryon keladur…

Yana tan shahrida oyini ajabdurki, bu kun,
Ulki bor erdi ko‘ngul mulkida sulton keladur.

Garchi ko‘p dard chekib o‘lgani yetdim g‘amidin,
Shukrlillahki, bori dardima darmon keladur.

Siyna xilvatgahini xoli eting, jonu ko‘ngul
Ki, bu manzilg‘a bukun o‘zgacha mehmon keladur.

Ko‘zlarim har nafase telmuradur yo‘lg‘a boqkb,
To xabar keldikim, ul xusravi xubon keladur.

Lek tole’ yo‘qidin har nechakim payki sabo
Yugurub, mujda berib chin desa, yolg‘on keladur.

Bayramo, solma ko‘ngul hajri parishonlig‘idnn,
Bilki, jam’iyati dilhoyi parishon keladur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse