Ey g’amzasi fitna, ko’zi fatton, o’zi ofat...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey g’amzasi fitna, ko’zi fatton, o’zi ofat...
by Gadoiy

Ey g’amzasi fitna, ko’zi fatton, o’zi ofat
rahm ayla bu jona,
Xatm o’ldi sanga saltanati mulki latofat,
ey shohi yagona.

Shaksiz, bu yurak qonina parvarda bo’lubtur,
ul la’li ravonbaxsh.
Paydou muayyandur, ayo koni zarofat,
ko’p qilma bahona.

Chun qolmas emish nomu nishoni sitamu javr,
bedod nedindur,
Dod ayla, begim, kim o’tadur davri xilofat,
ush kechti zamona.

Otqonda ko’zung novaki dildo’zni har yon,
ey sho’xi jafokish.
Xar necha bor erdi orada bu’di masofat,
jon erdi nishona.

Jondin ramaqe qoldi Gadoning badaninda,
ey ruhi mujassam,
Shirin dudoqingdin qadari qilg’in izofat,
tirg’uz ani yona.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse