Ey chamani jon aro sarvi xiromong‘inam...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey chamani jon aro sarvi xiromong‘inam...
by Bayramxon

Ey chamani jon aro sarvi xiromong‘inam,
Umr gulistonida g‘unchai xandong‘inam.

Ko‘zga mani ilmag‘an, bir nazare qilmag‘an,
Ko‘nglum olib bilmag‘an dilbari nodong‘inam.

Ham o‘zi yaxshig‘ina, ham ko‘zi yaxshig‘ina,
Ham so‘zi yaxshig‘ina yori suxandong‘inam.

Ey yuzi gul-gulg‘ina, v-ey sochi sunbulg‘ina,
Qilma tag‘ofulg‘ina, bo‘lma pushaymong‘inam.

Ey qadi chobukg‘ina, v-ey labi nozukg‘ina,
V-ey so‘zi o‘trukg‘ina, va’dasi yolg‘ong‘inam,

Vositai davlati vasling agar bo‘lmayea,
Mehnati hijron aro chiqqusidur jong‘inam.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse