Ey, latofat ma’danining gavhari yakdonasi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey, latofat ma’danining gavhari yakdonasi...
by Gadoiy

Ey, latofat ma’danining gavhari yakdonasi,
Tal’atingdur jon charog’i, mehru mah parvonasi.

Ne salosildur soching zanjiri, ey rashki pari —
Kim, kishi ko’rgach bo’lur oshuftavu devonasi.

Barcha ashkoling zarofat bog’ida marg’ub erur,
Ey xush ul jonkim, sen o’lg’aysan aning jononasi.

Bodaning usrukligidin hech kishi topmas nishon,
Lablaring davrinda to’ldi go’yyo paymonasi.

Bartaraf qil, nosiho, taqviyni, ko’p lof etmakim,
Bemuhobo ozg’urur shul g’amzayi mastonasi.

Tirgizur, hosil, o’lukni ul qadi ra’no bila,
Yo’l yururda, olloh-olloh, shevayi rindonasi.

To ul afsungar sifotindin bitidi shammayi,
Jumlayi olamni tutti bu Gado afsonasi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse