Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha...
by Amiriy

Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha,
Nazzorayi husning guli behori tomosha.

Ko’nglum tepishi ayladi savdo elini xush,
Devona rur ravnaqi bozori tomosha.

Muft o’ldi havas ahlina savdoyi visoling,
Bemoya topar sud xaridori tomosha.

Ko’nglum qushini zog’laring qildi muzayyan,
Shavq etti bu tovusni gulzori tomosha.

Mohiyati xurshedni xuffosh na bilsun,
Har dila emas mahrami asrori tomosha.

Ko’nglumni qilib qasri vafo ishq, Amiriy,
Ko’z manzarasin ayladi anvori tomosha.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse