Etmasun osebi tab sarvi xiromonim sanga...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Etmasun osebi tab sarvi xiromonim sanga...
by Bayramxon

Etmasun osebi tab sarvi xiromonim sanga,
Esmasun bodi xazon gulbargi xandonim sanga.

Boshingga evrulsa joni notavonim ne ajab,
Chun tilaydur sadqa bo‘lmoq notavon jonim sanga.

Yo‘qturur, billah, maloling eshiturga toqatim,
Etmasun nogah malolangiz afg‘onim sanga.

To seni betob eshittim bas parishon holmen,
Vahki, zohir bo‘lmadi holi parishonim sanga.

Har jafo bo‘lsa meni betobg‘a bo‘lsun nasib,’
Yo‘qturur tobi jafo xurshidi tobonim sanga.

Lablaring vasfida Bayram she’ridur obi hayot,
Sihhati bersun ilohi obi hayvonim sanga.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse