Etmadi Majnung‘a men ko‘rgan balolardin biri...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Etmadi Majnung‘a men ko‘rgan balolardin biri...
by Gulxaniy

Etmadi Majnung‘a men ko‘rgan balolardin biri,
Hajr vodiysi aro chekkan jafolardin biri.

Rahm etib, holimni so‘rmaslar ko‘rung bedodlig‘,
Siyimbarlardin biri, gulgun qabolardin biri.

Dosha izhor ayladi Farhod Shirin dardini,
Ishq oyinida uldur behayolardin biri.

Qoshu ko‘zu Holu zulfi birla ulfat tutma cho‘x,
Qilmasun rasvo seni yuzi qarolardin biri.

Senga, ey Majnun, junun ilmida taslim aylaram.
Sen rasolardin biri, men norasolardin biri.

Gulxaniy, tinmay duo qilg‘il shahi voloni sen,
Negakim ul podshohdur, sen gadolardin biri.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse