Etdim Adam sahrosida yo‘q og‘zining fikri bilan...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Etdim Adam sahrosida yo‘q og‘zining fikri bilan...
by Shoiq

Etdim Adam sahrosida yo‘q og‘zining fikri bilan,
O‘zluk yo‘lin topgum magar gardi xati xizri bilan.

Ko‘yida jon bermak manga mushkul emasdir, negakim,
Hayvon suyi xosiyatin topdim labi zikri bilan.

Ruhim qushining quvvati tan ichra la’li sharbati,
To‘ti nachunkim asrag‘ay jon shakkari misri bilan.

Ne charxu ne shamsu qamar bo‘lg‘ay ko‘zumg‘a jilvagar,
Olam o‘ti guldur mango, o‘tlug‘ yuzi mehri bilan.

Vahkim, buti Layli nasab, Majnundirman bir qarab,
Sehr aylayur yuz ming xirad, jodu ko‘zi sehru bilan.

Nazmim suxanvarlar aro kursig‘a o‘ltursa netong,
So‘z poyasi bo‘ldi buyuk Ma’sumxon she’ri bilan.

Turki takallum afsahi chun Mir Ali shogirdisen,
Mir aylab anga iqtido, dam urmag‘il g‘ayri bilan.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse