Etar jonimg‘a bir oy hajrida chandin alam, yo rab...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Etar jonimg‘a bir oy hajrida chandin alam, yo rab...
by Do’iy

Etar jonimg‘a bir oy hajrida chandin alam, yo rab,
Zakoti ushricha bo‘lmas jahonda barcha g‘am, yo rab.

Ajab fo‘lod dil ermishki holimni ko‘rub har kun,
Jafou javrini qilmas manga bir zarra kam, yo rab.

Sitamgarlar, sitamkashlar hama yak son chekar javrin,
Yamonu yaxshini farq aylamay, aylar sitam, yo rab.

Umuman ishq arbobig‘a javr aylar, xususan men
Qari qulg‘a ziyod aylar sitamni daM-badam, yo rab.

Bo‘libman ul sitamgarning jafou javrig‘a mo‘tod,
Ziyod et, qilma kam javrin manga bir zarra ham, yo rab.

Agarchi ul pari hajrida qayg‘uda o‘tar umrim,
Hama umrida hech g‘am ko‘rmagay beg‘am sanam, yo rab.

Agar Doiyg‘a ul dildor bir sog‘ar karam qilsa,
Anga makshuf bo‘lg‘ay erdi sirri jomi Jam, yo rab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse