Er dardi joni bemorimda bo‘lg‘ay qoshki...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Er dardi joni bemorimda bo‘lg‘ay qoshki...
by Bayramxon

Er dardi joni bemorimda bo‘lg‘ay qoshki,
Jismi ozori tani zorimda bo‘lg‘ay koshki.

Gul yuzin ko‘rguncha ranj osebidin betobi rang,
Yuz tikan bu chashmi xunborimda bo‘lg‘ay koshki.

Zahmatikim undadur, kosh ul manga bo‘lg‘ay nasib,
Sihhatikim mendadur, yorimda bo‘lg‘ay koshki.

La’li jon baxshini bir tabhola majruh etkucha,
Yuz jarohat joni afgorimda bo‘lg‘ay koshki.

Anda bo‘lg‘on dard bo‘lg‘ay menda, lekin dardi ishq —
Andake yori jafokorimda bo‘lg‘ay koshki.

Bayram ul oyning har ozori hayotedur manga,
To tirikmen bandi ozorimda bo‘lg‘ay koshki.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse