Dimog‘im illatin, bag‘rimni dog‘in may iloj etmaz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dimog‘im illatin, bag‘rimni dog‘in may iloj etmaz...
by Hoziq

Dimog‘im illatin, bag‘rimni dog‘in may iloj etmaz,
Kavokib gardishidindur bu g‘am vaz’in mizoj etmaz.

Dema toji erur shahning g‘am o‘di boshina chixmish,
Bu ma’ni joniga kim ravshan o‘lsa taxtu toj etmaz.

Namozu ro‘zadin bag‘rin o‘lan oshiqlari so‘rma,
Nechukkim podshoh vayron o‘lan yerni xiroj etmaz.

Fano ahlig‘a xavfi vormu shayton birla tangridin,
Ki o‘g‘ri muflisi toroj qilmas, shoh boj etmaz.

Kel, ey Hoziq, bu dunyoni taloq et, kimsa er o‘lsa
Er o‘lub bu taliqa-la bisoti izdivoj etmaz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse