Dil — g’amin, xotir — xazin, tole’ – qaro, peshona – sho’r...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dil — g’amin, xotir — xazin, tole’ – qaro, peshona – sho’r...
by Soʻfi Olloyor

Dil — g’amin, xotir — xazin, tole’ – qaro, peshona – sho’r,
Qo’l – qurug’, matlab – uzoq, dushman – yaqin, jonona – dur.

Yor – tolib, ishqi — g’olib, xasb – mone’, sabr – oz,
Dahr – purkulfat, jafo – ko’b, lutf – kam, rahmat – vo’fur.

Zod – aqal, sensiz – kasal, hajmi havo – tavli amal,
Yuz — taaluq, ming — ilal, g’am – benihoyat, g’ussa — zo’r.

Ich – tugun, holat – zabun, hosil – havas, savdo – jabun,
Yo’l uzun, a’do – fuzun,etmak – gumon, ketmak – zarur.

Umr – gustu pesha sust, xavf – Hotam, g’am – no’xust,
El – kuchuk, yuk – nodurust, vodiy – xatar, az man futur.

Fe’l — chab, g’aflat – ajab, g’ussa – maishat, g’am – tarab,
Til – suchuk, sar – munqalib, zohir – vara’, botin – fujur.

Chashm – tar, ruxsora – zar, xuni jigar – ohi sahar,
Kosh, bul fan birla, Olloyor muztar bo’lsa ko’r.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse