Dar sifati Hakim Turobiyi hazor xalta

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dar sifati Hakim Turobiyi hazor xalta
by Maxmur

(Hakim Turobiy hazor xalta sifatida)

Beshinchi tabibi Turobiy erur,
Salomiga la’nat javobi erur,

Ajab bir hakimi shaqovat sirisht,
Maqomiga do‘zax erur sarnavisht.

Kezar dashtu sahro kasal istabon,
Ajal orqasidin yurar qistabon,

Jahon ichra ul johili nobakor,
Ajal ilgin olganga keldi duchor,

Yozib oldiga ikki ming xaltani,
Yig‘ib eski yuz lak tugun lattani.

Teribdur do‘koniga to‘qson tuvaq,
Solib har tuvak ichra o‘n uch sumak,

Kimikim tuvakdin talab qilsa no‘sh
Berur no‘sh doru debon margimush.

Erur rangi qish chnllasidin sovuq,
Haqoratga bopu so‘karga yovuq.

Anga bori zillat to‘shatsang savob,
Yuziga tahorat ushatsang savob.

Kurarman oni goh do‘konida,
Turub ikki shayton ani yonida,

Kelar oldiga kimki doru so‘rab,
Ba ahvoli ranjuri dardu taab.

Berar zahrni no‘sh doru debon,
Ani o‘ldurub beajal shul zamon.

Jahon ichra bul ablahi pur fusus,
Qilur o‘zini soniyi Jolinus.

Yurar goh hikmat usulida ul,
Gahi muddai she’r yo‘lida ul.

Tariqi hazoqat bilan ul jahul,
Topib bu g‘azalni zi rohi usul.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse