Dahrdin men chekmagan anduhu mehnat qoldimu...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dahrdin men chekmagan anduhu mehnat qoldimu...
by Nola

Dahrdin men chekmagan anduhu mehnat qoldimu
Boshim uzra yormag‘an gardundin ofat qoldimu.

Garchi chekdim bazmi vasling ichra ishrat sog‘ari
Hajrdin men yutmagan xunobi hasrat qoldimu.

Bo‘ldi to ko‘nglim saning sultoni ishqing kishvari
Shukrkim, men surmagan olamda davlat qoldimu.

Bog‘a kirding ul qadu yuz birla to sayr etgali
Sarv birlan gulg‘a osori tarovat qoldimu..

Vasl ayyomi ko‘zimdin oqdi qon yosh oncha kim
Ko‘z ochib yuziga boqmoqliqg‘a fursat qoldimu.

Muncha beparvo chiqib olamg‘a solding rustaxez
Husning ayyomida oyinlar salomat qoldimu.

Bexabar zohid o‘zingdin necha toat qilg‘asen
Bo‘lmagan toroji ishqi dinu tillot qoldimu.

Yod etibdur Nolani lutf aylab itlar haylidin
Yodi chirmashgan ko‘ngilda emdi hasrat qoldimu.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse