Burodarlar, ado bo‘lmas agar aytsam mani dardim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Burodarlar, ado bo‘lmas agar aytsam mani dardim...
by Sadoiy Mirhasan

Burodarlar, ado bo‘lmas agar aytsam mani dardim,
Oqardi sochu saqolim, qani yor oldida qadrim?

Mani dardimni bilmas yoru do‘stum, ahlu farzandim,
Boshim olib ketoyin, tobmasunlar poi bu gardim.

Dilay desam yurub sayru tamosho olami ofoq,
Jahonda har kuni ashkol tamomisi mani pandim.

So‘rog‘ingni qilib istab, ayo ey nozanin dilbar,
Bo‘lub mastu junun har masjidu mayxonag‘a kirdim.

Tegib bu tig‘i hijroning dilu jonimni o‘tkordi,
Chidayolmay bu dardimga o‘zim tufroq o‘la qoldim.

Sadoyi aytodur emdi boshim elig‘a yetganda,
Sani izlab topolmay, har jafou javrlar ko‘rdim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse