Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido...
by Dilshod Otin

Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido,
“Yor aksin mayday ko‘r”, deb jomdin chiqdi sado.

Xonaqoh ahlig‘a aytdim: “Alvido, ey so‘filar”,
Dayra kirdim, rindliqni emdi qilg‘um ibtido.

Man ichib ishq bodasini, boy berdim mazhabim,
Har na bo‘lsa ko‘rsa ko‘zim, jon anga bo‘lsin fido.

Bu qadah ichra ko‘rundi orazi ul yorning,
Zanjiri ishqini soldi bo‘ynuma, ermish rido.

Oshiqini g‘ul urub band aylasa ma’shuq agar,
Shukr qilg‘ay, bo‘lmasam deb, bandidin hargiz judo.

Jannatu do‘zax barobar oshiqi zor oldida,
Ishq imomig‘a hamisha aylamishdur iqtido.

Garchi Barno zordur bir orazi yor oldida,
Ishq imomig‘a hamisha aylamishdur iqtido.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse