Bu gulshan sayridin keldim alimda gulzorim yo‘x...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bu gulshan sayridin keldim alimda gulzorim yo‘x...
by Ma’dan

Bu gulshan sayridin keldim alimda gulzorim yo‘x,
G‘amim g‘am tog‘idin oshti, g‘amim ayturga yorim yo‘x,
Junun dashtida Majnunam manam, Layli nigorim yo‘x,
Malomat toshi yog‘durdi boshimga nangu orim yo‘x,
Ajab oshufta ahvolamki juzve ixtiyorim yo‘x.

Manga, ey muhtasib, ta’zir etma ehtisobingdin,
Saning bu ehtisobing man ham o‘rtandim kitobingdin,
So‘rarsan har daqoyiq, ojiz ermasman javobingdin,
Manga arz aylama Mansurdek dori tanobingdin,
Lnalhaq rishtasi bo‘ynumdadur, parvoyi dorim yo‘x.

Imomi ishqa qildim iqtido tarki sujud aylab,
Zararga ko‘ngul oldurdim suvoi naf’i sud aylab,
Mug‘on dayrig‘a yuzlandim, dog‘i qat’i shuhud aylab,
Mano o‘ldum, yo‘x o‘ldum, nafyi isboti vujud aylab,
Manga ta’n aylama, ey zohido, zuhdingga korim yo‘x.

Xarobot ichra kirdim, rindlar bazmin talosh ettim,
O‘zim rasvolig‘im bildi^dimu, sirrimni fosh ettim.
Ichib may zarfini, bag‘rim ezib, qonim maosh ettim.
Ko‘ngul xunobasin ko‘zdin t-o‘qub yosh uzra yosh ettim,
G‘araz bu infioli zishti atvorimg‘a vorim yo‘x.

Tuganmas zarraye har qancha izhori alam qilsam,
Xush ulkim o‘z-o‘za o‘t yoqsamu jismimni kul qilsam,
Samandardek kuyib kul bo‘lsamu sayri adam qilsam,
Sazovor ulki Ya’qubi hazindek xo‘yi g‘am qilsam
Ki, Yusuf tal’atim vaslingga yetmak iftixorim yo‘x.

Nasoyihlar maqomin kezdimu ko‘nglumni tindurdim,
Na voizlarg‘a muxtor o‘ldumu ilgimni topshirdim.
Riyoyi shayxlardin bezdimu paymona sindurdim,
Kirib beboklar dinig‘a bay’atnoma yetkurdum,
Quyundek telbalik dashtida sarsonman, g‘uborim yo‘x.

Junun kayfiyatin bexudlyg‘imdin imtiyoz ettim,
Haqiqat nash’asidin chektimu tarki majoz ettim,
Tag‘ofil shevasin ko‘rguzdi dunyo anga noz ettim,
Na yanglig‘ mazhabi butlon ekan deb ehtiroz ettim,
Tavakkal qildimu o‘tga yoqildim, fikri norim yo‘x.

Mani mahzunu uryon, bodayi jomi nishot ermish,
Dog‘i har misraim sarmoyai bazmi bisotermish,
Aning tahrir etarg‘a kilki ma’ni ixtilot ermish,
So‘zum har nuqtasinda lazzati qandu nabot ermish,
Ki beidroklar fahmida, Ma’dan, e’tiborim yo‘x.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse