Bir oshyonda tutmish edi maskan ikki zog...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bir oshyonda tutmish edi maskan ikki zog...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Bir oshyonda tutmish edi maskan ikki zog‘,
Bumi zamona ayladi bir-biridin yirog‘,
Bir dam oloncha qo‘ymadi hijron alarni sog‘,
Aydi alarni sha’nig‘a bir sohibi farog‘:
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.

Majnunu Layli bir-bira aylardi jon fido,
Tahsin etar edi alara shah ila gado,
Homunu Najd aroda qilib ishqg‘,a iqtido,
Hijron alarni ayladi bir-biridin judo,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.

Yusuf ag‘olari chah aro tashlabon nisheb,
Kan’on ichida hazrati Ya’qub g‘ussa yeb,
Oxirda sottilar ani Misr ichra banda deb,
Hijron alarg‘a ko‘rki, na ishlarni ko‘rdi eb,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.

Farhodkim g‘azanpari ahli jahon o‘lub,
Shirin firoqi birla ani bag‘ri qon o‘lub,
Ham Qo‘hkanki shuhrati ahli zamon o‘lub,
Hijron aroga tushgali tog‘lar makon o‘lub,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.

Keldi quloqg‘a Vomiqu Azro xabarlari,
Biri Yamanni burjini bir mohi anvari,
Biri firoq marhalasini samandari,
Hijron alarg‘a soldi bukun charxi axzariy,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.

Mahjur Xisravi-yu, Muzaffarda ming alam,
Ya’qub’ cho‘l aroda giriftori cho‘x sitam,
Muztar asiri nash’a-yu Vola xarobi g‘am,
Shavqiyni suhbatini topolmay Xiromiy ham,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse