Bir maningdek yor deb devona bo‘lg‘an bormukin...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bir maningdek yor deb devona bo‘lg‘an bormukin...
by Sadoiy Mirhasan

Bir maningdek yor deb devona bo‘lg‘an bormukin?
Sham’ yanglig‘ husnig‘a parvona bo‘lg‘an bormukin?

Oh urub hardam fig‘on aylab junun sahrosida,
Molu mulkidin kechib devona bo‘lg‘an bormukin?

To‘tiyi go‘yo bo‘lub, yo bog‘ aro bulbullarin
Chug‘z yanglig‘ manzili vayrona bo‘lg‘an bormukin?

Man yurub yolg‘uz biyobonlarda sargardon bo‘lub,
Yor birla hamdamu hamxona bo‘lg‘an bormukin?

Kufr elini xush ko‘rub, zunor bog‘lab doimo,
Emdi mandek soqii mayxona bo‘lg‘an bormukin?

Ey Sadoyi, avvalu oxir zamona haq uchun,
Bir saningdek dunyoda afsona bo‘lg‘an bormukin?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse