Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas...
by Gadoiy

Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas,
Sening lutfung mango bo’lmasa bo’lmas.

Bu turluk husnu lutfu shevalarg’a,
Sanga jonim fido bo’lmasa bo’lmas.

Soching zanjirina devona ko’nglum
Qarorib, mubtalo bo’lmasa bo’lmas.

Bu o’tkim, soldi jong’a nor yangoqing,
Zulol iring davo bo’lmasa bo’lmas.

Shifo uchun eshiking tuprog’indin
Ko’zumga to’tiyo bo’lmasa bo’lmas.

«Jafolar hadtin oshti», desam aytur:
«Latiflardin jafo bo’lmasa bo’lmas».

Seningdek shohiing ostonasinda,
Meningdek bir Gado bo’lmasa bo’lmas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse