Beadad mandin duo, ey choryori bosafo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Beadad mandin duo, ey choryori bosafo...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Beadad mandin duo, ey choryori bosafo,
Sizga, Bu Bakru Umar, Usmon, Aliyi murtazo.

Sidqu ixlosim bila, Ey oli as’hobi rasul,
Ruhingizga qo’l ochib, shomu sabo aylay duo.

Tortti Ahmad javru mehnat ushbu foniy dunyoda,
Ummat ersang, bo’lg’il emdi payravi ul mustafo.

Birisi sidqu sadoqat avjida badri munir,
Birlari adlu adolat burjida shamsi zuho.

Birlari hilmu hayo iqlimida bahri hayo,
Birlari lutfu karam avrangida koni saxo.

Nuri chashmi Haydari karrorni zolim Yazid
Qip-qizil qonga bo’yab, qildi shahidi Karbalo.

Ey Huvaydo, ishq ahli ushbu so’zni aydilar:
«Sobirini bil — balou roziyini bil — qazo».

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse