Barcha a’zoshohisan, bo‘lma jafokor, ey ko‘ngul...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Barcha a’zoshohisan, bo‘lma jafokor, ey ko‘ngul...
by Muazzamxon

Barcha a’zoshohisan, bo‘lma jafokor, ey ko‘ngul,
San jafo qilsang raiyat topqay ozor, ey ko‘ngul.

Tavsani fikrat minib har yona chopsang sekratib,
Yurmakim, yo‘lda bo‘lur ko‘p devi makkor, ey ko‘ngul.

Aql vaziringdurki, qilsang maslahat har koriga,
Bo‘ladur bemaslahat ish ancha dushvor, ey ko‘ngul.

Bu vaziring har qayon yo‘l boshlasa hamroh bo‘l,
Har so‘z aytsa qilmag‘in so‘ziga inkor, ey ko‘ngul.

Mardumaklar fitnai g‘ammozlikdur ishlari, —
Til nadimin qilmagil onlar bilan yor, ey ko‘ngul.

Sanki shohsan til bila ko‘z so‘ziga tutma quloq,
Til erur ismi va lekin zahrlik mor, ey ko‘ngul.

Aql aytur, har qayu masluxga ko‘nma tu’ma deb,
Misli oqil qil qanoat, yema murdor, ey ko‘ngul.

Barcha a’zodur raiyat yursa isyon yo‘liga,
Ta’zir aylab yaxshy yo‘ldin qil xabardor, ey ko‘ngul

Barcha a’zo shohisan, o‘ltir adolat taxtiga,
Bo‘lmagaysan hashr aro sharmandai zor, ey ko‘ngul.

Qalbi mo‘minniki baytullo demish, qil ehtiyot,
Bu Muazzam qalbidin ham bo‘l xabardor, ey ko‘ngul.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse