Bahor ayyomi keldi, dashtu sahro lolazor o‘ldi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bahor ayyomi keldi, dashtu sahro lolazor o‘ldi...
by Nodim Namangoniy

Bahor ayyomi keldi, dashtu sahro lolazor o‘ldi,
Zamin sar sabzu gulshan toza, yer oyinavor o‘ldi.

Ko‘tardi qumriyu bulbul fig‘onu nola har yondin,
Base husnu nazokat sarvi guldin oshkor o‘ldi.

Nasimi ruhparvar har tarafdin yurdi bog‘ ichra,
Dimog‘ o‘ldi muattar, bo‘yi guldin mushkbor o‘ldi.

Terildi bargi gulga dona-dona gavhari shabnam,
Etarda sayri gulshan yor ayog‘ina nisor o‘ldi.

Zamoni ayshu ishratdur, sharobi lolagun tutg‘il
Menga, ey soqiy gulchehra, ko‘nglum ko‘p xumor o‘ldi.

G‘animatdur zamone sayri gulshan, bo‘mag‘in g‘ofil,
Necha sandek sihi qad lolaruh bundog‘ g‘ubor o‘ldi.

Fig‘onkim, g‘unchai baxtim ochilmay ushbu gulshanda,
Samumi hajridin pajmurdai bebaru bor o‘ldi.

Fano mashshotasidin yozmayin to uqdalar, Nodim,
Bu olam bog‘idakim komyobi komkor o‘ldi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse