Ayyuhalahbob, aylay emdi man devonalik...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ayyuhalahbob, aylay emdi man devonalik...
by Sadoiy Mirhasan

Ayyuhalahbob, aylay emdi man devonalik,
Oshno tutganlarimiz qildilar begonalik.

Oh, ketti bizni toshlab, voy, ul sultoni husn,
Bul buzuq ko‘nglumg‘a soldi fitnadin vayronalik.

Necha kunlar bilmaduk ul yori joni qadrini,
Kasbu korim emdi bo‘ldi o‘lgucha giryonalik.

Qon yutub man lola yanglig‘, dog‘i tanholik bila,
O‘tti umrum, yor birla qilmadim hamxonalik.

Orzu aylab ko‘roy deb doimo ul yordin,
Sham’ yanglig‘ husnig‘akim bo‘ldi ish parvonalik.

Ey Sadoyi, boshlading qaydin tuganmas doston,
Elg‘a qilg‘on hasbi holingdin bukun afsonalik.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse